Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi hududlarda yangi bizneslar ko‘proq ochilmoqda?

Qaysi hududlarda yangi bizneslar ko‘proq ochilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 44 226 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 3 810 taga yoki 9,4 foizga ko‘p.

Yangi tadbirkorlik subyektlari soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan — 9 626 ta. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 4 593 ta, Xorazm viloyati — 3 963 ta va Samarqand viloyati — 3 581 ta qayd etilgan.

Farg‘onada 3 208 ta, Qashqadaryoda 2 783 ta, Jizzaxda 2 458 ta, Surxondaryoda 2 442 ta, Andijonda 2 413 ta va Buxoroda 2 305 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan.

Yangi tadbirkorlik subyektlari soni Namangan viloyatida 2 276 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 964 ta, Navoiy viloyatida 1 462 ta va Sirdaryo viloyatida 1 152 tani tashkil etgan.

Umuman, hududlar orasida Toshkent shahridagi ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lib, Sirdaryo viloyatida eng past natija qayd etilgan. Poytaxtda tashkil etilgan yangi subyektlar soni Sirdaryodagi ko‘rsatkichdan 8,4 barobar ko‘p.

Shu bilan birga, poytaxtdan tashqari Toshkent, Xorazm, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ham yangi tadbirkorlik subyektlari soni nisbatan yuqori bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, Markaziy bank 2026-yilning I choragida tadbirkorlarning 64 foizi joriy biznes sharoitlari o‘tgan yilga nisbatan yaxshilangani haqida bildirganini qayd etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring