Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston AQSh bilan SI bo‘yicha 2 milliard dollarlik loyihani amalga oshiradi

Qozog‘iston AQSh bilan SI bo‘yicha 2 milliard dollarlik loyihani amalga oshiradi

Qozog‘iston AQSh bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda sun’iy intellekt (SI) infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi.

Qozog‘iston sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi hamda AQShning Freedom Holding korporatsiyasi rejasiga ko‘ra, loyiha doirasida mamlakatning suveren SI habini yaratish ko‘zda tutilgan. NVIDIA shirkatining yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega infratuzilmasi negizidagi tashabbus SI bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirishga ham qaratilgan.   

2 milliard dollarlik loyiha Qozog‘istonda 100 MVt energetik kuchga ega platformada amalga oshiriladi. Freedom Holding korporatsiyasi asosiy sarmoyador va operator bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

«NVIDIA bilan hamkorlik Qozog‘istonning SI bo‘yicha milliy strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi. Biz suveren SI ekotizimi poydevorini shakllantirish harakatidamiz, bu esa iqtisodiyotni mustahkamlaydi, raqobatbardoshlikni oshiradi va butun mintaqa uchun yangi imkoniyatlar ochadi», – deydi Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi yakunida turi sohalar qatori SI yo‘nalishida ham hujjatlar tasdiqlandi. Jumladan, O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirligi va «Palo Alto Networks» kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston O‘zbekiston bilan turli sohalar qatorida SI hamda raqamli taraqqiyot yo‘nalishida ham hamkorlikni rivojlantirish niyatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring