Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 12 kishi yong‘inda halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida joylashgan Alg‘abas qishlog‘ida yong‘in oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 9 nafari — bolalar.
Fojia bugun erta tongda sodir bo‘lgan. Ikki qavatli uy olov qurshovida qolgan. Hushsiz topilgan uch kishi shifoxonaga jo‘natilgan.
Qo‘shnilarning guvohlik berishicha, yongan uyda mehmonlar ham bo‘lgan, chunki bir kun oldin mezbonnikida tadbir o‘tkazilgan.
Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev fojia yuzasidan hamdardlik bildirdi. Hukumat va viloyat hokimiga halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning yaqin qarindoshlariga barcha zarur yordamni ko‘rsatish va fojia sabablarini o‘rganish topshirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter