Saida Mirziyoyeva Venetsiya biyennalesida nutq so‘zladi
Saida Mirziyoyeva Venetsiya biyennalesida nutq so‘zladi.
Zamonaviy jahon san’atining eng nufuzli minbarlaridan biri bo‘lgan Venetsiya biyennalesi joriy yilda In Minor Keys («Minor ohanglarda») shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Mavzu biz yashayotgan davr uchun juda aniq tanlangan, unda dunyoni anglash borasidagi nozik va murakkab qarashlar mujassam.
«61-Venetsiya biyennalesida O‘zbekistonning The Aural Sea milliy paviloni ochilish marosimida nutq so‘zladim. Bu men uchun o‘ta ahamiyatli chiqish bo‘ldi. Loyiha Orol dengizi mavzusiga bag‘ishlangan, biroq bunda u faqatgina ekologik fojia timsolida talqin qilinmagan. Ushbu ekspozitsiyada Orol bizning xotiralarimiz, afsona va rivoyatlarimiz hamda ijodiy izlanishlar makoni sifatida namoyon bo‘lgan», deya ta’kidlaydi Mirziyoyeva.
Yana bir bor mamlakatimiz paviloni biennale ishtirokchilari va mehmonlarining katta qiziqishiga sazovor bo‘lib, madaniyatimiz bilan yaqindan tanishish va mintaqamizga sayohat qilish istagini uyg‘otdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter