Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saksovul kesganlar 65 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Saksovul kesganlar 65 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Buxoro viloyatining Romitan tumani, Gazli cho‘l hududida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida saksovul kesib olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar axborot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Nazorat davomida davlat raqamisiz harakatlanayotgan ikkita avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganida ularga o‘rmon fondi yerlaridan noqonuniy ravishda kesib olingan saksovul ortilgani aniqlangan. Holat yuzasidan 5 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Qonunbuzarlarga 51 million 500 ming so‘m jarima solingan hamda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 13 million 544 ming so‘m, deb baholangan.

«Saksovulni noqonuniy kesish jami hisobda 65 million so‘mdan ortiq moliyaviy javobgarlikka sabab bo‘ldi. Ekologiya qonunchiligini buzgan har qanday harakat qonuniy javobgarlikka olib kelishi yana bir bor eslatildi», — dedi viloyat ichki ishlar axborot xizmati xodimi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring