Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serbiya yetakchisi rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi

Serbiya yetakchisi rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi hamrohligida 28-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir A.Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring