Shimoliy Koreya Yapon dengizi uzra raketa sinovlarini o‘tkazdi
Shimoliy Koreya 19-oktyabr kuni Yapon dengizi ustida bir nechta qisqa masofali ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlarining Birlashgan shtab boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, raketalar Pxenyanning janubiy hududidan uchirilgan va taxminan 350 kilometr masofani bosib o‘tgan. Ularning qulash joyi haqida aniq ma’lumot berilmadi.
Bu – Shimoliy Koreyaning oxirgi besh oyda ilk ballistik raketa sinovi hisoblanadi. Oxirgi marta bunday sinov 8 may kuni o‘tkazilgan edi.
Hodisa AQSh prezidenti Donald Tramp va boshqa davlat rahbarlari ishtiroki kutilgan Janubiy Koreyadagi uchrashuvlar hamda yaqinlashib kelayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti oldidan ro‘y berdi.
Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya ehtimoliy tashviqotlariga javob berishga tayyor ekanini bildirdi va AQSh bilan harbiy hamkorlikka tayanishayotganini ham qayd etdi.
Siyosiy tahlilchilarning fikricha, Kim Chen In xalqaro maydonda e’tibor qozonish va davlatini yadroviy qurolga ega mamlakat sifatida tan oldirishga urinayotgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda AQSh bilan yadroviy muzokaralar samarasiz tugaganidan keyin, Pxenyan qurol sinovlarini sezilarli darajada tezlatgan.
Manba: ru.euronews.com


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter