Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yonhap: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 5 ming harbiyni jo‘natdi

Yonhap: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 5 ming harbiyni jo‘natdi

Shimoliy Koreya Rossiyaga 5 mingga yaqin harbiy xizmatchini infratuzilmani tiklash ishlarida ishtirok etish uchun yuborgan.

Bu haqda 4 noyabr kuni Yonhap agentligi Janubiy Koreya parlamentining milliy razvedka bo‘yicha qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Parlament a’zosi Li Son Gvonning so‘zlariga ko‘ra, «taxminan 5000 nafar shimoliy koreyalik harbiy sentyabrdan buyon bosqichma-bosqich Rossiyaga jo‘natilmoqda va ular infratuzilmani tiklash ishlarida ishtirok etadi».

Uning ta’kidlashicha, Seul hozirda KXDRda «qo‘shimcha harbiy kontingent yuborish uchun tanlov va tayyorgarlik ishlari» davom etayotganini ham kuzatmoqda.

Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati (NIS) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiya-Ukraina chegarasi yaqinida taxminan 10 ming shimoliy koreyalik harbiylar joylashtirilgan. Ular orasida 1000 nafarga yaqin sapyorlar minalarni tozalash ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyadagi jangovar harakatlar davomida 600 nafar shimoliy koreyalik askar halok bo‘lgan. Ilgarigi hisobotlarda NIS bu raqamni 2000 nafar atrofida deb baholagan edi.

2024 yilning oktyabridan beri Shimoliy Koreya Rossiyaga faqat harbiy kuch emas, balki artilleriya snaryadlari, raketa tizimlari va uzoq masofali qurollar ham yetkazib bergani haqida agentliklar, jumladan AFP, xabar bergan.

Bu harakatlar Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning yangi bosqichga chiqqanini ko‘rsatadi. Janubiy Koreya esa bu holatni BMT sanksiyalarini buzish sifatida baholamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring