Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud organlarida 1279 nafar fuqaro ommaviy qabul qilindi

Sud organlarida 1279 nafar fuqaro ommaviy qabul qilindi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi

8-avgust kuni Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbariyati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda hududiy sudlar rahbariyati, sudyalar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Jami 854 ta ish bo‘yicha 1279 nafar murojaatchi qabul qilindi.

Qabul davomida 403 ta shikoyat va ariza qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Yana 410 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda har bir masalaga aniq huquqiy yechim topishga e’tibor qaratildi. Fuqarolar sud organlari rahbariyati bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, 41 ta murojaat qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi.

Mazkur sayyor qabul davlat rahbari belgilab bergan aholi bilan ochiq va samarali muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yish vazifalari doirasida tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring