Toshkentda 3,2 mlrd so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «G.B» MChJ mas’ul shaxslari tomonidan ichimlik suvi tarmog‘idan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, korxona Shayxontohur tumanidagi «Beltepa» mahallasi hududida joylashgan binoda umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Tekshiruv materiallariga ko‘ra, mazkur qonunbuzilish oqibatida 3,2 mlrd so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni o‘g‘rilik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter