Toshkentda issiq suv vaqtincha o‘chiriladi
Poytaxtda 2026 yil aprel-may oylarida issiqlik ta’minoti tizimini yangi mavsumga tayyorlash maqsadida keng ko‘lamli profilaktik va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, belgilangan jadval asosida shaharning qator tumanlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Mazkur rejali uzilishlar aholi uchun ayrim noqulayliklar tug‘dirishi mumkin, ammo ular qish mavsumida tizimning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, bahorgi profilaktika ishlari doirasida issiqlik manbalari va magistral tarmoqlar kompleks tekshiruvdan o‘tkaziladi. Eskirgan quvurlar almashtiriladi va ta’mirlanadi. Gidravlik sinovlar orqali tizim mustahkamligi tekshiriladi. Avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Fuqarolardan ushbu davrda sabr-toqat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, ta’minot qayta tiklanganidan so‘ng quvurlardagi havo tiqilishlarini bartaraf etish uchun kranlardan bir muddat suv oqizib turish so‘ralmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter