Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp 13-15 may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi

Tramp 13-15 may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 13-15 may kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Bu Trampning 2017-yildan beri Xitoyga amalga oshirayotgan ilk tashrifi bo‘ladi. Avvaliga AQSh prezidenti Xitoyga mart oyida borishi belgilangan edi, biroq Eron bilan urush tufayli tashrif keyinga qoldirildi.

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Oq uyda jurnalistlarga ma’lum qilishicha, uchrashuvda Tayvan masalasi ko‘rib chiqiladi. Muzokaralar 14-15 may kuni bo‘lib o‘tadi.

«Reuters»ning amerikalik siyosatchilarga asoslanib yozishicha, davlat rahbarlari Eron, Tayvan, sun’iy intellekt va yadroviy qurollar masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, Xitoy «Boeing» samolyotlari, Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va energetika sohasiga oid xaridlarni e’lon qilishi kutilmoqda. Ikki davlat, shuningdek, savdo urushidagi vaqtinchalik sulh muddatini uzaytirish masalasini ham muhokama qiladi. Biroq ushbu kelishuv aynan shu hafta uzaytiriladimi-yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Donald Tramp va Si Szinpin so‘nggi marta bundan olti oy avval Janubiy Koreyada uchrashishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring