Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eron bilan «jimgina» muzokaralar olib borilayotgani haqida gapirdi

Tramp Eron bilan «jimgina» muzokaralar olib borilayotgani haqida gapirdi

Foto: Euronews

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan muzokaralar jarayoni haqida avvalgi pozitsiyasidan farqli ravishda, munosabatlarni «jimgina» olib borishni ma’qul ko‘rayotganini bildirdi.

Tramp Axios nashriga telefon orqali bergan intervyusida Eron bilan davom etayotgan muzokaralar jarayoni haqida fikr bildirdi. Eron bilan muzokaralar qanday kechayotgani haqidagi savolga Tramp: «Biz buni jimgina amalga oshiryapmiz», – deb javob berdi.

Tramp Eron bilan «faqat qisman muzokara olib borayotganlarini» ta’kidlab: «Biz Eronni, uning yuqori inflyasiyasi va pulsizligini shunchaki kuzatyapmiz», – dedi.

U Eron iqtisodiy jihatdan «juda og‘ir ahvolda» ekani, hatto harbiy xizmatchilarining maoshini to‘lash uchun ham mablag‘i yo‘qligini ta’kidladi. Tramp, shuningdek, AQSh tomonidan amalga oshirilayotgan dengiz blokadasi Eron rejimidagi iqtisodiy inqirozni yanada chuqurlashtirayotganini aytdi.

Eron bilan o‘zaro keskin bayonotlar almashinuvi haqida gapirar ekan, Tramp: «Ishlar o‘z iziga tushadi, har doim o‘z iziga tushgan. Bu xuddi shaxmat o‘yiniga o‘xshaydi», – deya baholadi.

Amerika ommaviy axborot vositalarida Tramp so‘nggi bir haftaga qadar Eronga qarshi hujumlarni davom ettirish niyatida bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq AQSh armiyasidan, ayniqsa, ayrim yuqori aniqlikdagi raketalar zaxirasi sezilarli darajada kamaygani haqida ma’lumot olganidan so‘ng, u bu qaroridan voz kechgani aytilgan. Shuningdek, AQSh Prezidentining so‘nggi qariyb bir hafta davomida qilgan bayonotlarida Eronga nisbatan ritorikasi avvalgiga qaraganda ehtiyotkorroq tus olgani kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring