Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eronga qarshi harbiy bosimni qayta tiklash variantini ko‘rib chiqyapti – Axios

Tramp Eronga qarshi harbiy bosimni qayta tiklash variantini ko‘rib chiqyapti – Axios

Foto: Keystone Press Agency

AQSh Eronning yangi tinchlik kelishuviga javobini taxminan o‘n kun kutgan, ammo Tehron Vashington shartlarini qabul qilmaganidan keyin muzokaralar deyarli to‘xtab qolgan.

Axios nashrining yozishicha, Donald Tramp hozir Eronga bosimni qayta kuchaytirish variantlarini muhokama qilmoqda. Ular orasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozida AQSh kemalarini kuzatib borish operatsiyalarini qayta boshlash hamda avval zarba berilmagan obyektlarga hujum qilish kabi choralar bor.

Axios’ga ko‘ra, Tramp «Tehronni yon berishga majbur qilish uchun cheklangan harbiy bosim» qilish variantiga moyil.

Shu bilan birga, Isroil boyitilgan uran zaxiralarini qo‘lga kiritish bo‘yicha maxsus operatsiya g‘oyasini ilgari surmoqda. Ammo Oq uy bu ssenariyni juda xavfli deb hisoblamoqda.

Nashr ta’kidlashicha, Trampning yaqinlashib kelayotgan Xitoy safari ham uning pozitsiyasiga ta’sir qilishi mumkin. Chunki Si Szinpin bilan muzokaralarda Eron mavzusi markaziy masalalardan biri bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring