Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp O‘zbekiston bilan “misli ko‘rilmagan” savdo-iqtisodiy kelishuvlar e’lon qilinganini ma’lum qildi

Tramp O‘zbekiston bilan “misli ko‘rilmagan” savdo-iqtisodiy kelishuvlar e’lon qilinganini ma’lum qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social’dagi sahifasida O‘zbekiston bilan “misli ko‘rilmagan” savdo-iqtisodiy kelishuvlar e’lon qilinganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, yaqin uch yil ichida O‘zbekiston AQShning ustuvor tarmoqlariga qariyb 35 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritadi va xaridlar amalga oshiradi, kelgusi o‘n yilda esa bu ko‘rsatkich 100 mlrd dollardan oshishi rejalashtirilgan.

Prezident Trampning postida kelishuvlar quyidagi sohalarni qamrab olishi qayd etilgan: muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari hamda boshqa muhim tarmoqlar.

“Men O‘zbekistonning hurmatli prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz”, — deyiladi bayonotda.

Ushbu tashabbuslar ishlab chiqarish zanjirlari, transport-logistika, raqamli transformatsiya va resurslarni qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni jadallashtiradi, yangi ish o‘rinlari va texnologiyalar transferiga turtki beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring