Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp yaqin orada Putin bilan uchrashmaydi: sabab aniq

Tramp yaqin orada Putin bilan uchrashmaydi: sabab aniq

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlik hozirda to‘xtab qolgan, deb yozadi NBC muxbiri Garret Xake Oq uy rasmiysi va AQShning boshqa bir qancha OAVlariga asoslanib.

Muxbirning manbasiga ko‘ra, Amerika rahbari hozircha tomonlar kelishuv bo‘yicha oldinga siljishga tayyorligini ko‘rmayapti. 

“Davlat kotibi Rubio va tashqi ishlar vaziri Lavrov o‘rtasidagi birinchi telefon qo‘ng‘irog‘i “samarali” bo‘ldi, biroq prezidentning fikricha, har ikki tomon ham hozir oldinga siljishni oqlash uchun muzokaralarga yetarlicha tayyor emas”, — deb yozdi NBC muxbiri X ijtimoiy media platformasida. 

Kecha, 20 oktyabr kuni Sergey Lavrov va Marko Rubio telefon orqali muloqot qilishdi. Ular, jumladan, Vladimir Putin va Donald Trampning ikkinchi uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qilishdi. Reuterz agentligi Sergey Lavrov va Marko Rubioning 23-oktyabr kuni uchrashishi mumkinligi haqida xabar berdi. CNN bugun ertalab Lavrov va Rubio o‘rtasidagi uchrashuv hozircha qoldirilgani haqida xabar berdi. Telekanal manbasiga ko‘ra, Oq uy Rossiyaning Ukrainadagi harbiy mojaroni hal qilish bo‘yicha pozitsiyasida hech qanday o‘zgarish sezmagan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 21-oktyabr kuni muzokaralar yakunida tomonlar aloqalarni davom ettirishga kelishib olganini ma’lum qildi. 

Vladimir Putin va Donald Tramp yaqin ikki hafta ichida uchrashishga tayyorligini muhokama qildi. Muzokaralar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joy sifatida Budapesht tilga olindi. Avvalroq Kreml Rossiya va AQSh o‘rtasida keng ko‘lamli sammitga tayyorgarlik boshlanganini ma’lum qilgandi. Biroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, tomonlar hozircha ikki prezidentning ikkinchi uchrashuvining aniq sanalari bo‘yicha kelishmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring