Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi yaxshilanadi

Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi yaxshilanadi

Joriy yil 4-may kuni Prezidentning «Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi va biologik xilma-xilligini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–164-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilinadi.

2026-yil 1-iyundan daryoning sohil bo‘yi mintaqalari hamda suvni muhofaza qilish zonalarida tabiiy gidrologik tizim va ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilish, yer ishlari va sun’iy inshootlarni barpo etish qat’iyan man etiladi.

Bunda:

  • daryo havzasi va uning irmoqlari doirasida gidrotexnik, gidromeliorativ ishlar, bino va inshootlar, gidroenergetika, suvni tartibga solish va derivatsiya inshootlarini qurish to‘liq taqiqlanadi (faoliyat yuritayotgan gidroenergetika obyektlarini rekonstruksiya qilish bundan mustasno);
  • daryoning davlat gidrologik tabiat yodgorligi hududida qurilish ishlari uchun yer uchastkalari ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ugom daryosining sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan obyektlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri va ekologik talablarga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Hukumat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring