Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning Mustaqillik bayrami bo‘yicha qarori e’lon qilindi

Prezidentning Mustaqillik bayrami bo‘yicha qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida» qarori e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Komissiya mustaqillikning 35 yilligini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat va tuman (shahar) markazlarida, barcha mahallalar, qishloq va ovullarda, shuningdek, vazirlik va idoralar tizimida munosib nishonlash maqsadida konsepsiyaning mazmuni va asosiy yo‘nalishlariga muvofiq chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va ijro etishni ta’minlaydi. 

Ilm-fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, sportchilar, jamoatchilik vakillaridan iborat badiiy-ijodiy guruhlar tuzish hamda ular ishtirokida aprel – sentyabr oylari davomida respublika bo‘ylab keng ko‘lamdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ijtimoiy loyihalarni o‘z ichiga olgan «Mustaqillik to‘yi» (festivali) tadbirlari o‘tkaziladi. 

Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2026-yil 1-iyunga qadar milliy mustaqillik va suverenitet g‘oyalarini, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari qiyofasini o‘zida aks ettirgan «Vatan fidoyilari» ramziy monumentining eskiz loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 

Ushbu monument Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tuman va shaharlarda 2026–2030-yillarda barpo etilayotgan umummilliy birdamlik bog‘larining markaziy qismida o‘rnatiladi. 2026-yil 1-avgustga qadar har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari va erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan «Mustaqillik zafarnomasi» maxsus kitob-albomini tayyorlanadi. 

2026-yil avgust oyida Toshkent shahrida «Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. 

2026-yil 1-sentyabrga qadar «Mustaqillikning 35 yilligi» esdalik oltin tangasi zarb etiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring