Ukraina, AQSh bilan munosabatlar va muzlatilgan aktivlar — Lavrov katta intervyu berdi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RIA Novostiga bergan intervyusida Ukraina krizisi, muzlatilgan aktivlar, AQSh va Yevropa bilan munosabatlarga oydinlik kiritdi.
Lavrovning ta’kidlashicha, Moskva Alyaskada Rossiya va AQSh o‘rtasida Ukraina masalasi bo‘yicha erishilgan kelishuvlar kuchda qolishini Vashingtondan tasdiqlashni kutmoqda. Unga ko‘ra, kelishuv adolatli va barqaror yechim tamoyillariga asoslangan, ammo G‘arbdagi ayrim davlatlar AQShni siyosiy-diplomatik yo‘ldan og‘dirishga urinayotgani muammo tug‘dirmoqda.
Vazir Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Kiyev manfaatlariga yo‘naltirish urinishlarini “talonchilik” deb atadi va bunday harakatlarga adekvat javob qaytarilishini bildirdi.
Qrim masalasi Rossiya uchun yopiq ekanini ta’kidlagan Lavrov, yarimorol aholisi 2014 yilda referendum orqali Rossiya tarkibini tanlaganini eslatdi.
AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlar borasida Lavrov yangi ma’muriyat bilan muloqot borayetganini, biroq jarayon sekin kechayotganini aytdi. Diplomatik mulkni qaytarish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha takliflar Vashingtonga yetkazilgan.
U Davlat kotibi Marko Rubio bilan Ukraina va ikki tomonlama masalalar yuzasidan muntazam muloqot zarurligini qayd etdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter