Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda yuqori martabali diplomat qo‘lga olindi

Xitoyda yuqori martabali diplomat qo‘lga olindi

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi xalqaro bo‘limi boshlig‘i Lyu Szyanchao iyul oyi oxirida xorijdagi safaridan Pekinga qaytganidan so‘ng so‘roq qilish uchun hibsga olindi.

Bu haqda manbalarga asoslanib The New York Times xabar berdi. 

61 yoshli diplomatning hibsga olinishi sabablari noma’lum. Gazeta u bilan bog‘lana olmadi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va boshqa rasmiy idoralar vaziyatga izoh bermadi. Sin Gang 2023 yilda iste’foga chiqqanidan so‘ng, Lyu Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga potensial nomzod sifatida ko‘rib chiqilgandi. 

2022-yildan beri Szyanchao 20 dan ortiq mamlakatlarga tashrif buyurdi va 160 dan ortiq davlat vakillari bilan uchrashdi. Uning faol faoliyati, jumladan, AQShning sobiq davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvlari tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi taxminlarga sabab bo‘ldi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligini hozirda Van I boshqarmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring