Yunusobodda elektr korxonasining soxta xodimi qo‘lga tushdi
Yunusobod tumanida soxta ETK xodimi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro D.Y. o‘zini go‘yoki elektr tarmoqlari korxonasi xodimi sifatida tanishtirib, fuqaro F.B.ning xonadonida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganlik holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va elektr hisoblagichini ta’mirlab berishini aytib, 9,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter