Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro hudud almashish jarayonini boshladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro hudud almashish jarayonini boshladi

Foto: 24.kg

O‘zbekiston va Qirg‘iziston avval Farg‘ona viloyati tarkibida bo‘lgan Cho‘ng‘ara va Tosh-Do‘bo qishloqlarini rasman topshirish bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlarni boshladi, deb xabar bermoqda 24.kg.

Mazkur ishlar Qirg‘iziston–O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish hamda yer uchastkalarini o‘zaro almashish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda.

24 iyul kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanida ikki davlat qo‘shma ishchi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda topshirilayotgan hududlar aholisining fuqaroligi, ko‘chirish, mulk, xo‘jalik faoliyati hamda boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

3 avgustdan boshlab qo‘shma ishchi guruh bevosita Cho‘ng‘ara va Tosh-Do‘bo qishloqlarida ish boshladi. Mutaxassislar aholini ro‘yxatga olish hamda hujjatlarni keyinchalik rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Cho‘ng‘ara va Tosh-Do‘bo qishloqlarida asosan etnik qirg‘izlar istiqomat qiladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki aholi punktining umumiy aholisi qariyb 2,5 ming kishini tashkil etadi.

Ro‘yxatga olish ishlari yakunlangach, qishloq aholisiga Qirg‘iziston fuqaroligini berish jarayoni boshlanadi.

Buning evaziga Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistonga maydoni jihatidan teng qiymatli yer uchastkalarini topshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring