Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2026 saralashi. Qatar va Saudiya Arabistoni jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

JCh-2026 saralashi. Qatar va Saudiya Arabistoni jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

JCh-2026 saralashi doirasida Osiyo mintaqasida o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan Qatar va Saudiya Arabistoni jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

Qatar o‘z maydonida o‘tkazilayotgan saralash o‘yinlarining so‘nggi 3-turida BAAni mag‘lub etdi. Saudiya Arabistoni esa o‘z uyida Iroq bilan golsiz durang o‘ynab, guruh peshqadami sifatida jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinni egallagan BAA va Iroq pley-offda uchrashadi, bu o‘yin g‘olibi mundialga chiqish uchun boshqa qit’a vakili bilan ham kurashishiga to‘g‘ri keladi.

JCh-2026 saralashi. Osiyo mintaqasi. 4-bosqich

Qatar – BAA 2:1
Gollar: Huhi 49, Pedro Migel 74 – Odil 90+8

Saudiya Arabistoni – Iroq 0:0

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring