Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari Samarqanddagi olimpiadada qatnashmaydi
Dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Norvegiya terma jamoasi safida ishtirok etmasligini rasman ma’lum qildi.
Shuningdek, bahorda Norvegiya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilgan Aryan Tari va Yon Ludvig Hammer ham musobaqada qatnashishdan bosh tortgan. Natijada uch nafar yetakchi shaxmatchisiz qolgan Norvegiya terma jamoasi start reytingida 21-o‘ringa tushib ketdi.
Musobaqani o‘tkazib yuboradigan boshqa mashhur grossmeysterlar ham ma’lum bo‘ldi:
- Fransiya — Alirizo Firuzja;
- AQSh — Hikaru Nakamura, Leniyer Dominges;
- Eron — Parham Magsudlu, Puya Idani;
- Ozarbayjon — Teymur Rajabov;
- Angliya — Devid Hauell;
- Polsha — Radoslav Voytashek;
- Ruminiya — Kirill Shevchenko.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter