Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Keksalik necha yoshdan boshlanadi?

Keksalik necha yoshdan boshlanadi?

Foto: Shutterstock

Moskva shahar terapevtlar ilmiy jamiyati raisi, professor Pavel Vorobyov «AiF» nashriga bergan intervyusida keksalik necha yoshdan boshlanishi haqida so‘z yuritdi.

Ekspertning ta’kidlashicha, rasman 60 yoshdan oshganlar keksa yoshlilar hisoblanadi. Biroq amalda bu ko‘rsatkich pastroq bo‘lishi mumkin, chunki qarish bilan bog‘liq kasalliklar aksariyat hollarda ancha erta rivojlanadi. Masalan, kardiopatiya (yurak kasalliklari) 45 yoshlilarda uchrasa, qandli diabet hatto yoshlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Vorobyov qarilik yoshi kechikishi ham mumkinligini qayd etdi.

«Ko‘pchilik 50 yoshida oila qurib, farzandli bo‘lmoqda. Afsuski, ayollarda reproduktiv yosh 60 yoshdan keyin tugaydi. Ammo erkaklar 60 yoshdan keyin ham farzand ko‘rish qobiliyatiga ega. Bugungi kunda ayrim 60 yoshlilar avvalgi 40 yoshlilardek ko‘rinadi. 75–80 yoshda esa ko‘pchilik samarali mehnat qilib, normal hayot kechirmoqda», — deb ta’kidladi shifokor.

Vorobyovning aniqlik kiritishicha, umr ko‘rish davomiyligiga ko‘plab omillar, xususan, genetika ta’sir qiladi. Biroq eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omil — bu atrof-muhit va birinchi navbatda, insonning ovqatlanish tartibidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring