Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakt puli to‘lab berilmoqda
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida bu boradagi ezgu tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda. Viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Qashqadaryodagi 856 nafar talaba-yoshning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishi uchun jami 3 milliard 780 million 600 ming so‘m kontrakt mablag‘lari ajratildi.
Mazkur amaliy yordam, avvalo, o‘qish istagida bo‘lgan, biroq oilaviy sharoiti tufayli to‘lov-kontrakt mablag‘larini qoplashda qiynalayotgan yoshlar uchun muhim ko‘mak bo‘ldi. Shuningdek, mazkur tashabbus xotin-qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning bilim va kasbiy salohiyatini oshirish hamda kelajakka ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter