Sun’iy intellekt matematiklarni ikki asrlik muammoni hal qilishga yaqinlashtirdi
Anthropic kompaniyasining Claude sun’iy intellekt tizimi qariyb ikki asrdan beri tadqiqotchilarni o‘ylantirib kelayotgan matematikadagi eng murakkab masalalardan birini yechishda oldinga siljishda yordam berdi.
Tajriba davomida sun’iy intellekt isbotlangan qiymatlar ulushini 41,6 foizdan 67,2 foizga oshira oldi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, qo‘lda bajarib bunday natijaga erishish uchun hatto o‘n yillar ketishi mumkin edi.
Gap tub sonlarning taqsimlanishi bilan bog‘liq, zamonaviy matematikadagi hal etilmagan eng muhim masalalardan biri — Riman gipotezasi haqida bormoqda.
Tajribaga bosh-qosh bo‘lgan Jared Samnerning tan olishicha, u sun’iy intellekt uchun hech qanday maxsus «prompt»lardan foydalanmadi. U asosan vaqti-vaqti bilan Claudega «Davom et» va «O‘zingga ishon» deb yozib turdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter