Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh davlat kotibi yangi viza cheklovlari haqida e’lon qildi

AQSh davlat kotibi yangi viza cheklovlari haqida e’lon qildi

Foto: Getty Images

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio kiberfiribgarlik va jinsiy shantaj kabi kiberjinoyatlar sabab ayblanganlar yoki ularga aloqador shaxslarga qaratilgan yangi viza cheklovlarini e’lon qildi.

Bu haqdagi ma’lumotlar AQSh Davlat departamenti saytida paydo bo‘ldi. Kirish vizalarini berishni taqiqlash nafaqat bunday jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga, balki ularning yaqinlariga ham tegishli bo‘ladi.

​Garchi yangi siyosat texnik jihatdan hammaga taalluqli bo‘lsa-da, Rubio asosiy maqsad kim bo‘lishini aniq aytdi.

«Ko‘pincha Xitoy transmilliy jinoiy tashkilotlari tomonidan muvofiqlashtirilgan firibgarlar 2024-yilning o‘zida Amerika fuqarolarini kamida 10 milliard dollarga aldab, korrupsiya, pul yuvish va odam savdosiga ko‘maklashgan. Amerikalik bolalar ham oilalarni vayron qiluvchi va bolalarni kelajagidan mahrum qiluvchi jinsiy tovlamachilik sxemalarida chet ellik jinoyatchilar tomonidan nishonga olingan», deydi u. 

​Iyul oyi boshida AQShda o‘ta so‘l ekstremistik qarashlarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarni «moliyalashtirgan,  rag‘batlantirgan yoki faoliyatini boshqa yo‘l bilan qo‘llagan xorijliklarga» nisbatan viza cheklovlari kiritilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring