AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda — Reuters
AQSh hukumati Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqdi. Reuters agentligining amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berishicha, bu cheklovlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralarni yana kechiktirsa kuchga kirishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, yangi sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotining muhim sohalariga qarshi yo‘naltirilgan. Jumladan, bank tizimi va neft eksport qilish uchun foydalaniladigan infratuzilma sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp avval bir necha hafta kutib turishi va «Rosneft» hamda «Lukoyl» kompaniyalariga nisbatan kiritilgan sanksiyalarning Rossiya tomonidan qay tarzda qabul qilinishi va qanday ta’sir ko‘rsatishini kuzatishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter