AQSh Xalqaro jinoyat sudiga qarshi keng qamrovli kampaniya boshlaydi
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Vashington Xalqaro jinoyat sudi (XJS) faoliyatiga qarshi keng ko‘lamli diplomatik kampaniya boshlashini e’lon qildi.
Uning aytishicha, AQSh ma’muriyati boshqa davlatlarni ham XJSdan chiqishga chaqirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, sudga nisbatan yangi sanksiyalar va boshqa cheklov choralari qo‘llanishi mumkin.
Marko Rubio The Wall Street Journal gazetasidagi maqolasi va X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videomurojaatida XJSni «AQSh suverenitetiga tahdid» deb atadi.
AQSh Davlat departamentining bildirishicha, kampaniyaning asosiy maqsadi Xalqaro jinoyat sudining amerikalik harbiylar va davlat amaldorlariga nisbatan yurisdiksiya qo‘llash imkoniyatini cheklash hamda sud faoliyatini moliyaviy va diplomatik jihatdan izolyasiya qilishdan iborat.
Shu munosabat bilan Vashington XJSga a’zo davlatlarni suddan chiqishga va uni moliyalashtirishni to‘xtatishga chaqirishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda xalqaro huquqshunoslar mazkur tashabbusni tanqid qildi. Human Rights Watch tashkilotining sobiq rahbari Kennet Rot AQSh ma’muriyati bu orqali amerikaliklarni xorijda sodir etilishi mumkin bo‘lgan harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikdan himoya qilishga urinmoqda, degan fikrni bildirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter