Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT Bosh kotibi Suriyaga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Suriyaga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Foto: AP

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Suriyaga tashrifi yakunlari bo‘yicha mamlakatga qarshi joriy etilgan barcha xalqaro sanksiyalarni zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, ayrim G‘arb davlatlari, jumladan AQSh, sanksiyalarni yumshatishga kirishgan bo‘lsa-da, Suriya iqtisodiyotini tiklash uchun bu yetarli emas. Guterrishga ko‘ra, mamlakatga investitsiyalar, infratuzilmani qayta qurish va qochqinlarning xavfsiz qaytishi uchun keng ko‘lamli xalqaro yordam zarur.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Bashar Asad hokimiyati ag‘darilganidan beri 1,7 millionga yaqin qochqin Suriyaga qaytgan. Shu bilan birga, mamlakat ichida 5,5 million kishi ichki ko‘chirilgan shaxs maqomida qolmoqda, yana 6 millionga yaqin suriyalik xorijda yashamoqda.

Tashrif davomida Guterrish Isroilning Suriya janubidagi harakatlariga ham munosabat bildirib, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligi buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi hamda Jo‘lon tepaliklari Suriya hududi ekanini yana bir bor qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring