«Agar zarbalar davom etsa...»: Eron jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi agar AQShning Eronga qarshi hujumlari davom etsa, «to‘liq ko‘lamli hujum operatsiyalari»ni boshlashga va’da berdi. Bu haqda IRIB davlat telekanali xabar berdi.
«Agar AQSh hujumlari yana ikki-uch kun davom etsa, biz to‘liq ko‘lamli hujum operatsiyalarini boshlaymiz», dedi korpusning yuqori lavozimli amaldori va Eron Oliy rahbarining maslahatchisi Mohsin Rizoiy.
U Yaqin Sharqning hech bir mamlakati Eronning hujumkor harakatlaridan o‘zini himoya qila olmasligini ta’kidladi.
Avvalroq, Yaqin Sharqdagi AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eronga qarshi yangi hujumlar to‘lqini boshlanganini e’lon qilgan edi.«Bu hujumlar Bosh qo‘mondonning ko‘rsatmasi bo‘yicha Eronning harbiy imkoniyatlarini yanada pasaytirishga qaratilgan», deyiladi bayonotda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter