Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Estoniyada inson huquqlari bo‘yicha ombudsman mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi

Estoniyada inson huquqlari bo‘yicha ombudsman mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi

Foto: Reuters

Estoniya parlamenti konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha mutaxassis Ulle Madiseni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. U Estoniya tarixidagi ikkinchi ayol prezident bo‘ldi.

51 yoshli Ulle Madise 2015 yildan buyon Estoniyaning inson huquqlari bo‘yicha ombudsmani lavozimida ishlab kelmoqda. U prezidentlik vazifasini keyingi besh yil davomida bajaradi.

Rossiya bilan chegaradosh, 1,4 million aholiga ega Estoniya NATO va Yevropa Ittifoqida Ukrainani eng kuchli qo‘llab-quvvatlovchi hamda Moskva siyosatiga eng tanqidiy munosabatdagi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat harbiy xarajatlarini ham sezilarli darajada oshirgan. Joriy yilda mudofaa uchun yalpi ichki mahsulotning 5,4 foizini ajratish rejalashtirilgan.

Estoniyada prezident mamlakat parlamenti — Riygikogu tomonidan saylanadi. Ulle Madise saylovda yagona nomzod bo‘ldi, chunki boshqa nomzodlar parlamentda nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun yetarli miqdorda qo‘llab-quvvatlov to‘play olmagan.

Madise prezidentlik lavozimida ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymagan Alar Karisning o‘rnini egallaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring