Finlyandiya prezidenti O‘zbekistonga kelyapti

Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stabb 2025 yil 30–31 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Bu haqda Finlyandiya prezidenti devoni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, prezident Stabb 31-oktyabr, juma kuni Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Prezidentlar o‘rtasidagi suhbatda Finlyandiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, geosiyosat va uning Yevropa va Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy oqibatlari, Rossiyaning Ukrainadagi noqonuniy bosqinchilik urushi hamda ko‘p tomonlama tizimni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Tashrif davomida Stabb biznes-seminarda ham qatnashadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza o‘qiydi va tashqi siyosat bo‘yicha ekspertlar bilan uchrashadi.
Finlyandiya yetakchisi delegatsiyasi tarkibiga parlament a’zosi, parlamentning O‘zbekiston bilan do‘stlik guruhi raisi Ville Skinnari kiradi. Bundan tashqari, Finlyandiya savdo va sanoat vakillari Prezident bilan birga sayohat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Finlyandiyaning sobiq prezidenti Mauno Koyvisto 1992-yilda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter