Ispaniyadan Trampni darg‘azab qiluvchi yana bir qaror
Eron bilan urushda ishtirok etayotgan Amerika samolyotlari Ispaniya havo hududidan foydalana olmaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Margarita Robles jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Biz Erondagi urush bilan bog‘liq har qanday harakatlar uchun bazalardan foydalanishga, shuningdek, Ispaniya havo hududidan uchishga ruxsat bermaymiz», dedi u.
Ispaniya hukumati ilgari Eronga qarshi harbiy operatsiyalar uchun birgalikda boshqariladigan harbiy bazalardan foydalanishni taqiqlaganini e’lon qilgan edi. Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches ham mojaroga ochiqchasiga qarshi chiqib, uni noqonuniy, beparvo va adolatsiz deb atagan.
Bunga javoban AQSh prezidenti Donald Tramp Madrid bilan savdoni to‘xtatish bilan tahdid qildi.Ushbu bayonotlar NATOga a’zo ikki davlat munosabatlarini taranglashtirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter