Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentining uzr so‘raganiga munosabat bildirdi

Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentining uzr so‘raganiga munosabat bildirdi

Foto: EPA/UPG

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myonning uzr so‘raganiga munosabat bildirdi.

KXDR lideri mamlakat chegarasini kesib o‘tgan dronlar bilan bog‘liq  uzrni qabul qildi, deb xabar beradi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim direktori o‘rinbosari Kim Yo Chjon. 

«Hukumatimiz Prezident Li Chje Myonning kechirim so‘ragani va bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish uchun ko‘rilgan choralarni juda to‘g‘ri va dono deb biladi. Davlatimiz rahbari bu halol va sahovatli insonning xatti-harakatlarini qadrlaydi»,—deyiladi bayonotda (Koreya telegraf agentligi iqtibos keltirgan). 

Bir kun avval Janubiy Koreya prezidenti Shimoliy Koreya hududiga xususiy dronlarning uchirilishi sabab kechirim so‘ragan, ularni «provokatsion harakatlar» deb atagan edi. 

O‘tgan hafta Janubiy Koreya prokurorlari 2025-yil sentyabridan 2026-yil yanvarigacha Shimoliy Koreya bilan chegara orqali dronlarni uchirganlikda ayblangan uch kishiga ayblov e’lon qildi. Sudlanuvchilar 30 yoshli aspirant, Milliy razvedka xizmati xodimi va harbiy ofitserdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring