Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«It hurar, karvon o‘tar»

«It hurar, karvon o‘tar»

«It hurar, karvon o‘tar. Bu holatda it rossiyalik tadbirkor Samvel Karapetyanning yaqin do‘sti va vatandoshi Solovyov, karvon esa ortga qaytmas tinchlik va taraqqiyot sari borayotgan jonajon mamlakatimiz», deb yozdi Armaniston parlamenti spikeri o‘rinbosari Ruben Rubenyan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida.

Ruben Rubenyan

Avvalroq Vladimir Solovyov Rossiya Armanistonda «SVO» o‘tkazishi lozimligiga ishora qilgandi.

Rossiyalik propagandachi ta’kidlashicha, Armaniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiya uchun Venesuelaga qaraganda muhimroq.

Qolaversa, u ukrainaliklarga rahm qilmaslikka qilmaslikka chaqirgan, faqat shafqatsizlik urushni tez tugatishga olib kelishini aytgan.

Avvalroq Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin Armaniston TIVga chaqirilgan edi. Elchiga Vladimir Solovyovning «Rossiya ta’siriga ega bo‘lgan boshqa hududlarda, jumladan, Armanistonda «SVO» boshlash zarurligi» haqidagi so‘zlari bo‘yicha norozilik notasi topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring