Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Luvrda o‘g‘irlangan osori-atiqalar 88 mln yevroga baholandi

Luvrda o‘g‘irlangan osori-atiqalar 88 mln yevroga baholandi

Parij prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, Luvr muzeyidan o‘g‘irlangan imperatorlik davriga oid zeb-ziyonat buyumlarining qiymati kamida 88 million yevroga teng. Bu summa faqat bozor bahosi bo‘lib, ularning tarixiy qiymati hisobga olinmagan.

Parij prokurori Lora Bekkoning aytishicha, 100 dan ortiq tergovchi hozircha jinoyatchilar va o‘g‘irlangan buyumlarni qidirmoqda. Unga ko‘ra, «agar o‘g‘irilar bu zeb-ziyonatlarni parchalab sotishga qaror qilishsa, bu ulkan xato bo‘ladi. Ularning haqiqiy qiymati aynan bir butun holatda».

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19-oktyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida o‘g‘rilik sodir bo‘lgan va unda jami 9 ta qimmatbaho eksponatlar yo‘qolgani aytilgandi.

Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati mazkur voqeaga izoh berib, o‘g‘rilik sodir bo‘lgan kuni muzeyning xavfsizlik tizimi ishlaganini ta’kidladi.

«Luvr – butun Fransiya madaniyati va tarixiy merosining yuzi. Bu hodisa barchamiz uchun og‘riqli», – dedi u.

Jamoatchilik nega kameralar va qo‘riqlash xizmati bu qadar tez o‘g‘irlanishga to‘sqinlik qilolmaganini keng muhokama qilmoqda.

Tergov davom etyapti, hali mazkur jinoyat ishi bo‘yicha hech kim qo‘lga olinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring