Luvr muzeyi direktori iste’foga chiqishga tayyoriligini bildirdi
Luvr direktori Lorans de Kar seshanba kuni Fransiya Senatida so‘zga chiqib, muzeydagi videokuzatuv tizimi yetarli emasligini va ko‘plab kamchiliklar borligini tan oldi.
Fransiya Senati – parlament yuqori palatasi oldida so‘zga chiqqan L. de Kar muzeydagi videokuzatuv kameralari yetarli emasligini va yakshanba kungi zargarlik buyumlari o‘g‘irlanishi bir qancha «zaif tomonlar»ni fosh qilganini aytdi.
Mavzuga doir: Luvrda o‘g‘irlangan osori-atiqalar 88 mln yevroga baholandi
«Biz Luvrda katta muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirmoqdamiz, buning uchun men javobgarlikni o‘z zimmamga olaman», – dedi u va iste’foga chiqish haqida ariza berganini, ammo Madaniyat vaziri buni rad etganini qo‘shimcha qildi.
L. de Kar xavfsizlik choralari kuchaytirilishini e’lon qildi. Jumladan, u avtotransportga qarshi to‘siqlar bilan hudud himoyasini kuchaytirish, muzey majmuasi bo‘ylab kuzatuv tizimini kengaytirish va yangilash hamda Ichki ishlar vazirligidan muzey ichida politsiya bo‘limi tashkil etishni so‘ragan.
Qayd etilishicha, muzeyda ayni paytda 80 million yevrolik (92,89 million AQSh dollari) xavfsizlik rejasi ishlaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter