Myanmada harbiylar namoyishchilar ustiga bomba yog‘dirdi: kamida 40 kishi halok bo‘ldi

Myanma markazida joylashgan Chaung-U shaharchasida harbiy xuntaga qarshi tinchlik namoyishi hamda buddaviylarning Tadingyut festivalida qatnashayotgan odamlar ustiga motorli paraplanda bomba tashlandi.
Oqibatda kamida 40 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘lgan, 80 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Myanma 2021-yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin fuqarolar urushini boshdan kechirmoqda. Huquq himoyachilari, jumladan Amnesty International hujumni qoralab, tinch aholini himoya qilishga chaqirib kelmoqda. Harbiylar mamlakatning katta qismi ustidan nazoratni yo‘qotganiga qaramay, qarshilik ko‘rsatilayotgan hududlariga hujumni davom ettirmoqda.
2025-yil dekabr oyida mamlakatda to‘ntarishdan keyingi birinchi saylovni o‘tkazish rejalashtirilgan, ammo kuzatuvchilar buni ko‘zbo‘yamachilik hisoblab, zo‘ravonlikning yangi to‘lqini avj olishidan xavotirlanishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter