Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi

Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi

Nyu-York tovar birjasi savdo ma’lumotlariga ko‘ra, Comex birjasida oltin narxi rekord darajada yuqori bo‘ldi

6-oktyabr, dushanba kuni oltin fyucherslari 1,74 foizga oshib, unsiya uchun 3980,2 dollarni tashkil qildi. O‘zining eng yuqori cho‘qqisida narxlar bir unsiya uchun 3,982 dollarga yetdi, bu 1,79 foizga o‘sishni anglatadi. 

Dekabr oyidagi birjadagi kumush shartnomalari esa 0,32 foizga oshib, 48,58 dollarga yetdi. 

Bloomberg tahlilchilariga ko‘ra, 2025-yilda oltin narxi qariyb 50 foizga oshgan. Bu o‘sishga turtki bo‘lgan omillardan biri Donald Tramp AQSh prezidentligiga qaytganidan keyin yuzaga kelgan iqtisodiy va geosiyosiy noaniqlik edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring