Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik tadbirkor Yevroittifoq sanksiyasiga tushdi

O‘zbekistonlik tadbirkor Yevroittifoq sanksiyasiga tushdi

Joriy yilning 23-oktyabrida e’lon qilingan Yevroittifoqning 19-sanksiyalar paketiga o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovni ham kiritildi. U Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishi mumkin.

Xalqaro manbalarda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston, Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan 60 yoshli Rustam Muminov Farg‘onada joylashgan «Farg‘ona kimyo zavodi» ustidan nazorat o‘rnatgan shaxs sifatida ko‘rsatilmoqda. Ushbu korxona Rossiyaning harbiy maqsadlarda foydalaniladigan strategik korxonalariga asosiy xomashyoni – korxonalariga paxta sellyulozasi (cotton pulp) yetkazib bergani aytilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, «Farg‘ona kimyo zavodi» Rossiyaning ikki yirik korxonasi – Perm porox zavodi hamda  Qozon davlat porox zavodiga paxta sellyulozasi yetkazib bergan.

Ta’kidlanishicha, Rustam Mo‘minov Rossiyaning harbiy-sanoat salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda xomashyo yetkazib berish orqali strategiyaviy qurol ishlab chiqarish korxonalariga yordam bermoqda hamda rus armiyasi uchun o‘q-dori va harbiy materiallar ishlab chiqarishga hissa qo‘shmoqda.

Bu esa uni xalqaro darajada Rossiyaning harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgan shaxs sifatida ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, paxta sellyulozasi – porox ishlab chiqarishda eng muhim xomashyolardan biri hisoblanadi. Rossiyaning mazkur korxonalari esa harbiy sanoat kompleksiga xizmat qiladi va qurol-yarog‘, o‘q-dori hamda artilleriya materiallari ishlab chiqarishda ishtirok etadi.

Shu sabab, Farg‘onadagi mazkur korxonaning bu yetkazib berishlari Rossiya Qurolli Kuchlarining harbiy imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilayotgani ta’kidlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring