Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya askarlari Estoniya hududiga kirgani aniqlandi

Rossiya askarlari Estoniya hududiga kirgani aniqlandi

Foto: Obozrevatel.

ERR agentligi Estoniya ichki ishlar vaziri Igor Taroga tayanib xabar berishicha, 17-dekabr kuni ertalab uch nafar Rossiya chegarachisi mamlakat sharqidagi Estoniya hududiga kirib kelgan

Voqea videoga olingan, dedi Taro. Estoniya politsiyasi va chegara qo‘riqlash kengashi (PPA) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya chegarachilari Narva daryosi bo‘ylab qisman Estoniyada, qisman esa Rossiya hududida joylashgan Vasknarva portiga yetib kelishgan. Ular kemadan tushib, hudud bo‘ylab yurishgan, chegara chizig‘ini kesib o‘tishgan. Keyin ular qayiqqa o‘tirib, Rossiya qirg‘og‘iga yo‘l olishgan

Bloomberg agentligi Estoniya rasmiylariga tayanib xabar berishicha, chegarachilar mamlakatda taxminan 20 daqiqa qolishgan. Taro chegara qoidabuzarlari o‘z vaqtida qo‘lga olinmaganini aytdi:«Biz ularni Rossiya hududining chuqurroq qismiga ta’qib qilish imkoniyatiga ega emasmiz». 

Rossiya chegarachilarining maqsadi noma’lum, deb ta’kidladi Estoniya Ichki ishlar vazirligi rahbari. U ikki mamlakat vakillari o‘rtasida 18 dekabr kuni uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini va Tallin Moskvaning tushuntirishini kutayotganini e’lon qildi. ERR xabar berishicha, Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasining muvaqqat ishlar vakilini chaqirtiradi. 

Dekabr oyining o‘rtalarida Estoniya Boltiqbo‘yi davlatlari o‘zlarini potensial hujumlardan himoya qilish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan «Boltiqbo‘yi mudofaa chizig‘i» loyihasi doirasida Rossiya bilan janubi-sharqiy chegarada birinchi temir-beton bunkerlarni o‘rnatishni boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha bor Rossiyaning NATO mamlakatlari bilan jang qilishdan na geosiyosiy, na iqtisodiy, na siyosiy, na harbiy manfaatdor emasligini ta’kidlagan. Dekabr oyi boshida u Rossiyaning Yevropa bilan urushish niyatida emasligini, ammo agar shunday bo‘lsa, Moskva  tayyor ekanligini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring