Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya benzin eksportini taqiqladi

Rossiya benzin eksportini taqiqladi

Rossiya hukumati 1-apreldan boshlab benzin eksportini vaqtincha taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda vitse-premer Aleksandr Novak topshiriq bergan bo‘lib, tegishli qarorni Energetika vazirligi tayyorlamoqda.

Hukumat matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur chora ichki bozorda benzin narxlarini barqarorlashtirish va aholini yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Shu bilan birga, mutaxassislar fikricha, eksportni cheklash narxlarni keskin tushirmasligi mumkin, faqat ularning o‘sish sur’atini sekinlashtiradi.

Vaziyatga tashqi omillar ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, 25-mart kuni Ukraina tomonidan Leningrad viloyatidagi Ust-Luga portiga zarba berilgani eksport logistikasiga jiddiy ta’sir qildi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu holat neftni qayta ishlash hajmlarining qisqarishiga ham olib kelishi mumkin. Shuningdek, Rossiya neft kompaniyalari xorijiy hamkorlarni ehtimoliy fors-major haqida ogohlantirgan.

Global bozordagi keskinlik ham vaziyatni murakkablashtirmoqda. AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar natijasida jahon neft narxlari o‘sdi. Xususan, Brent markali neft bir barrel uchun 100 dollardan oshib, ayrim paytlarda 126 dollargacha yetdi. Hozirgi vaqtda narxlar taxminan 110 dollar atrofida saqlanib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring