Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya prezidentligiga nomzod bo‘lgan shaxs «xorijiy agent» deb topildi

Rossiya prezidentligiga nomzod bo‘lgan shaxs «xorijiy agent» deb topildi

Foto: Delovoy kvartal

Rossiya Adliya vazirligi siyosatchi Boris Nadejdinni xorijiy agentlar reyestriga qo‘shdi. Bu haqda vazirlik veb-saytida xabar berildi.

«Nadejdin xorijiy agentlar tomonidan keng jamoatchilikka xabarlar va materiallar yaratish va tarqatishda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida faoliyati nomaqbul deb topilgan xorijiy va xalqaro tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan tashkilot tomonidan xabarlar va materiallar tayyorlashda ishtirok etgan», deyiladi nashrda.

Shuningdek, siyosatchi Rossiya davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va federal saylov tizimi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani iddao qilinadi. Bundan tashqari, Adliya vazirligining aniqlik kiritishicha, Nadejdin ruxsatsiz mitinglar va piketlarda ishtirok etishga chaqirgan.

Toshkentda tug‘ilgan Nadejdin 2024-yilgi Rossiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirgan, ammo Markaziy saylov komissiyasi uning nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortgan. Bunga siyosatchini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar imzolarining yetarli emasligi sabab bo‘lgan. Nadejdin 100 000 dan kam imzo topshira oldi, qonuniy talab esa kamida 300 000 tani tashkil etadi. U nomzodlar ichida Ukraina urushiga qarshi gapirgan va uni to‘xtatishga va’da bergan yagona siyosatchi edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring