Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati raisining jasadi topildi

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati raisining jasadi topildi

Alisher Mirzonabot.

Foto: Pamir Inside

30-iyun kuni ertalab Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi qutqaruvchilari Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati raisi Alisher Mirzonabotning jasadini topishdi. Bu haqda idora matbuot xizmati rahbari Orif Nozimiyon ma’lum qildi.

Uning aytishicha, jasad Xatlon viloyatining Shamsiddin Shohin tumanidagi Kisht qishlog‘i yaqinida Panj daryosi suv yuzasida aniqlangan.

Marhumning shaxsi tibbiy ekspertiza orqali tasdiqlangan.

Ayni paytda qutqaruvchilar Alisher Mirzonabotning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan qizini qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Qidiruv-qutqaruv ishlari 17-iyundan buyon olib borilmoqda. O‘sha kuni Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati rahbari Alisher Mirzonabot hamda uni kuzatib borayotgan shaxslar bo‘lgan avtomobil Darvoz tumani hududidagi yo‘ldan chiqib ketib, Panj daryosiga qulab tushgan edi.

Avvalroq qutqaruvchilar hodisa oqibatida halok bo‘lgan haydovchi va viloyat rahbarining maslahatchisi jasadlarini topgandi.

Tojikiston IIV ma’lumotiga ko‘ra, mazkur hodisani tergov qilish jarayoni mamlakat prezidenti Emomali Rahmonning shaxsiy nazorati ostida olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring