Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmanistonda o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqlarga suratini joylashtirish taqiqlandi

Turkmanistonda o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqlarga suratini joylashtirish taqiqlandi

Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ijtimoiy tarmoqlarda surat joylashtirmaslik bo‘yicha majburiyat oldi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 mart kuni shahardagi maktablarda, jumladan rus tilida ta’lim beriladigan sinflarda ham, o‘quvchilar va ota-onalarga maxsus yozma majburiyat yuklovchi qog‘ozlar tarqatilgan.

Ushbu hujjatga muvofiq, o‘quvchilar yagona maktab formasini kiyishlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan TikTok’da, jamoat joylariga borgani haqidagi fotosuratlarni joylashtirmasliklari zarur.

Ota-onalar esa o‘z farzandlarining maktab formasiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va ularning internetdagi faoliyatini nazorat qilish majburiyatini olgan.

Talablarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar milliy bosh kiyim — taqiya (taxya), qizlar esa yashil rangli uzun ko‘ylak kiyishi lozim.

Shuningdek, ota-onalarga ham ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarining fotosuratlarini joylashtirmaslik bo‘yicha cheklov joriy etilgan.

Hozircha mazkur qaror yuzasidan Turkmaniston rasmiylari tomonidan ochiq izoh berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring