Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Volkswagen» yana 50 ming ish o‘rnini qisqartirishi mumkin

«Volkswagen» yana 50 ming ish o‘rnini qisqartirishi mumkin

Foto: Reuters.com

«Volkswagen» bosh direktori Oliver Blume xodimlarga yuborgan ichki ogohlantirish hujjatida kompaniya dunyo bo‘ylab yana 50 mingga yaqin ish o‘rnini qisqartirishi mumkinligini ma’lum qildi. Hujjat bilan «Reuters» axborot agentligi tanishgan.

Qayd etilishicha, kompaniya xarajatlar bo‘yicha raqobatchilardan taxminan 20 foiz orqada qolayotgani aniqlangan. Shu hisob-kitoblarga ko‘ra, qo‘shimcha 50 ming ish o‘rnini qisqartirish nazariy ehtiyoj sifatida baholangan.

Bu reja avval e’lon qilingan qisqartirishlardan tashqari hisoblanadi. Ilgari «Volkswagen» guruhi, jumladan, «Porsche» va «Audi» bo‘linmalarida jami 50 mingta ish o‘rni qisqartirilishiga kelishilgan edi.

Oliver Blume ogohlantirish hujjatida kompaniya hozircha barcha brendlar, korxonalar va mintaqalar kesimida qancha qisqartirish haqiqatda zarur va amalga oshirish mumkinligini baholayotganini bildirgan.

Uning ta’kidlashicha, 50 ming ish o‘rni haqidagi raqam amaliy qaror emas, balki xarajatlar bo‘yicha raqobatbardoshlikni tiklash uchun qilingan nazariy hisob-kitob hisoblanadi. Kompaniya har bir bo‘linma bo‘yicha ehtiyojni alohida tahlil qilib, keyingi qarorlarni qabul qilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya 100 ming ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring