Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya–AQSh ittifoqining «yangi oltin davri» boshlandi

Yaponiya–AQSh ittifoqining «yangi oltin davri» boshlandi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiyaning yangi bosh vaziri Sanae Takaiti ikki davlat o‘rtasida kamyob metallar va strategik minerallar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni imzoladilar. Hujjat ikki davlatning iqtisodiy hamkorligini kengaytirish va «Yaponiya–AQSh ittifoqining yangi oltin davri»ni boshlashni nazarda tutadi.

«Yaponiya uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Biz eng yuqori darajadagi ittifoqdoshlarmiz», – deydi Tramp Takaiti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Yaponiya bosh vaziri Takaiti o‘z bayonotida mamlakatning tashqi siyosatini qayta tiklash niyatini bildirdi.

«Men erkin va ochiq Indo-Tinch okeani tashabbusini faol ilgari surish orqali Yaponiya diplomatiyasining kuchini tiklashga bel bog‘ladim», – dedi u.

Tramp va Takaiti «FOIP» (Free and Open Indo-Pacific) tashabbusini qo‘llab-quvvatlashni hamda mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Livittning ma’lum qilishicha, Takaiti Donald Trampni Nobel

Tramp va Takaiti Yokosukadagi AQSh harbiy-dengiz bazasini birgalikda ziyorat qilib, USS George Washington aviatashuvchisida xizmat qilayotgan 6000 nafar askar bilan uchrashdilar.

Yaponiya hozirda xorijdagi eng ko‘p AQSh qo‘shinlarini (50 ming nafar atrofida) qabul qiluvchi davlat hisoblanadi.

 «Tinchlikni faqat so‘zlar bilan saqlab bo‘lmaydi. Uni qat’iy iroda va aniq harakatlar bilangina himoya qilish mumkin. Biz o‘z mudofaa salohiyatimizni tubdan mustahkamlashga sodiqmiz», – deydi TAkaiti.

Uchrashuv davomida Takaiti Toyota kompaniyasi AQSh hududida 10 milliard dollarlik yangi avtomobil zavodlari qurish rejasini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring