Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekologik stikerni onlayn rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi

Ekologik stikerni onlayn rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi

Endi ekologik toifasi aniqlangan avtotransport vositasiga ekologik stiker olish uchun YHXX  idoralariga borish shart emas. Uni masofadan, my.gov.uz orqali olsangiz bo‘ladi.

Buning uchun my.gov.uz portali yoki mobil ilovasiga kirib, qidiruv satriga "Ekologik stiker" deb yozasiz yoki “Transport” bo‘limidan “Avtotransport vositasiga ekologik stiker olish” xizmatini tanlaysiz.

Ma’lumotlar avtomatik shakllanadi, siz faqat arizani tasdiqlaysiz.

Tayyor stiker 10 kun ichida uyingizga yetkazib beriladi.

Stikerning o‘zi va ariza topshirish bepul. Faqat pochta orqali uyga yetkazish xizmati uchun 20 600 so‘m to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan boshlab «Ekologik transport» tizimi kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring